➡️Inson salomatligi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Ayniqsa, orfan (kam uchraydigan) kasalliklarga chalingan bolalarning hayot sifatini yaxshilash, ularni davolash va qo‘llab-quvvatlash masalasi alohida e’tibor talab qiladi.
➡️Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ushbu yo‘nalishda ilg‘or dastur va loyihalar amalga oshirilayotgani minglab oilalar qalbiga umid baxsh etmoqda. Fond tashabbuslari tufayli ko‘plab bolalar sifatli tibbiy yordam, zamonaviy davolash imkoniyatlari va mehr-e’tiborga ega bo‘lmoqda.
➡️Eng quvonarlisi, farzandlari salomatligida ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rayotgan ota-onalarning samimiy minnatdorlik so‘zlaridir. Ularning Prezidentimiz nomiga yo‘llayotgan tashakkur va ezgu tilaklarida xalqimizning cheksiz quvonchi, ishonchi va ertangi kunga bo‘lgan umidi yaqqol namoyon bo‘ladi.
➡️Zero, bolalar salomatligiga qaratilgan har bir ezgu tashabbus — Yangi O‘zbekistonning inson qadri ulug‘lanayotgan siyosatining amaliy ifodasidir.